Uchrashuv ishchi nonushta formatida bo‘lib o‘tdi. Tokayev Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish imkoniyatlari kengaytirilganini qayd etdi.
Qozog‘iston hukumati Amerika biznesi ishtirokidagi sarmoyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Uchrashuvda Citi, Goldman Sachs, NASDAQ, Auerbach Grayson & Company LLP, Franklin Templeton, Brightlight Capital, AllianceBernstein, Jefferies Financial Group, Luxor Capital Group, Paine Schwartz Partners LLC, New Silk Road Forum, Robotti & Company Advisors, TPG Capital, Grupo Los Grobo rahbarlari ishtirok etdi.