Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tojikistonga borgan andijonlik ayollar YTHga uchrab, vafot etishdi

Tojikistonga borgan andijonlik ayollar YTHga uchrab, vafot etishdi

Tojikistonda yo‘l-transport hodisasi natijasida Andijon viloyati Yangiobod tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu mamlakat IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi 12 noyabr kuni soat 17:20 atrofida Dushanbe-Xo‘jand-Chanok avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, 50 yoshli Opel Astra haydovchisi K.A. avtomobilni quvib o‘tish chog‘ida boshqa avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada, K.A. boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘l chetidagi pastlikka ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida, haydovchisi K.A. (tojikistonlik), shuningdek, ikki nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar 35 yoshli M.YU. va 33 yoshli D.X.lar halok bo‘lishgan. Yana ikki nafar o‘zbekistonlik ayol, 43 yoshli Z.X. va 39 yoshli F. YU.lar turli darajadagi og‘irlikdagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 21:49 17.11.2023. O'qildi: 2623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!