Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tojikistonda urush faxriylariga 2,4 ming dollarlik yordam ajratiladi

Tojikistonda urush faxriylariga 2,4 ming dollarlik yordam ajratiladi

Tojikistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylari va nogironlariga 9 may arafasida 25 ming somoniy (taxminan 2,4 ming dollar) miqdorida bir martalik to‘lov puli beriladi. Bu haqda Milliy kengash spikeri, Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, Rustam Imomali tomonidan qabul qilingan qarorda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 25 ming somoniy ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, hozir Tojikistonda 17 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Bundan tashqari, respublikada 121 nafar front orti mehnatkashlari bor.

Kiritildi: 17:58 06.05.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!