Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi.

Bu haqda “Ozodlik radiosi”ning tojik xizmati xabar bermoqda.

Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun javobgarlikni jinoiy kodeksdan chiqarib tashlashni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi.

Xabar berilishicha, bu o‘zgartishlar jinoiy kodeksning ikki moddasiga tegishli bo‘lib, internetda terrorizmga ochiq chaqiriqlar va uni oqlash holatlari uchun jazo belgilangan edi. 2018 yildan buyon ushbu moddalar doirasida hatto minimal faollik, ya’ni bunday postlarga layk bosish yoki ularni ulashish ham kiritilib, buning uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan edi.

Layklar uchun jazoni bekor qilish tashabbusi shaxsan Imomali Rahmon tomonidan ilgari surilgan. U 2024 yil bahorida huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ushbu qoidalarni ortiqcha va keng qamrovli tarzda qo‘llayotgani uchun tanqid qilgan. Prezident amalda qo‘llanilgan qonunga barham berishni va internetdagi faollik uchun odamlarni jazolab bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Tojikiston prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 1500 dan ortiq kishi ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari va reaksiyalari uchun jazo muddatini o‘tab kelmoqda.

Kiritildi: 19:41 14.05.2025. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!