Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda “layk” bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda “layk” bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Tojikiston ekstremistik deb topilgan postlar ostidagi “layk”lar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qiladi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon avvalroq terrorizmga ommaviy chaqiriqlar yoki boshqa og‘ir jinoyatlar sifatida tasniflanishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi “layk”lar uchun jinoiy jazoni bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda uning matbuot xizmati 14-may kuni xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda internet tarmog‘idagi bunday harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortuvchi tuzatishlar qabul qilinganidan buyon mamlakatda video va postlarga layk qo‘ygani, izoh qoldirgani va munosabat bildirgani uchun 1500 dan ortiq kishi sudlangan. Ilgari bu 15 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin edi.

Bir yil avval Imomali Rahmon ochiqchasiga bunday ta’qiblarni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 12:21 15.05.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!