Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tojikistonda ayrim videoo‘yinlar taqiqlandi

Tojikistonda ayrim videoo‘yinlar taqiqlandi

Ushbu talab o‘yin klublari egalariga tegishli.

Dushanbe polisiyasi GTA va Counter Strike video o‘yinlari taqiqlanishi haqida ogohlantirdi.

Tojikiston Madaniyat vazirligi ekspertizasi shuni ko‘rsatdiki, ushbu o‘yinlarda “zo‘ravonlik, qotillik va talonchilik elementlari” mavjud bo‘lib, “axloqsiz va zo‘ravonlik xususiyatiga ega” video roliklar va o‘yinlarni tarqatish qat’iyan taqiqlangan", deyiladi polisiya bayonotida.

Talab o‘yin klublari egalariga tegishli bo‘lib, shuningdek, ota-onalarga ham farzandlariga e’tibor qaratish tavsiya etildi. Chunki o‘smirlar salbiy ta’sirga uchraydi va jinoyat sodir etishi mumkin. Shu bilan birga, Dushanbe polisiyasi reyd va tekshiruv tadbirlari bilan tahdid qildi.

Kiritildi: 15:08 01.11.2024. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!