Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Tojikiston yangilik saytlari bloklangani uchun tanqid ostiga olindi

Tojikiston yangilik saytlari bloklangani uchun tanqid ostiga olindi

«Chegara bilmas muxbirlar» (Reporters Without Borders) xalqaro tashkiloti Tojikiston hukumatini yangiliklar saytlari bloklab qo‘yilgani uchun tanqid qildi.

Tojikiston rasmiylari mamlakatdagi norozilik namoyishlariga javoban ko‘p hollarda internet-senzuradan foydalanadi va saytlarni bloklaydi, deyiladi «Tojikiston internet-senzuraning Xitoy modelini qo‘llamoqda» (Tajikistan turns to Chinese model of large-scale Internet censorship) hisobotida, u 15 noyabr kuni e’lon qilindi.

6 noyabr kuni Xorog aholisi milisiya xodimlarining xatti-harakati va kuch tuzilmalarining qo‘shimcha bo‘linmalari mavjudligiga qarshi mitingga chiqishgach, yangiliklar saytlari va ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoni to‘sib qo‘yildi.

Hukumat tomonidan «Aziya-plyus» yangiliklar sayti, YouTube va Facebook, Rossiyaning «VKontakte» hamda «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlari va WhatsApp hamda Telegram kabi messenjerlar bloklandi, deyiladi hisobotda. «Veb-sayt bloklanganiga qarshi Virtual Private Network filtrlaridan foydalanadigan ko‘plab internet-foydalanuvchilari VPN ham bloklanganini bildirishdi».

«Keng ko‘lamli internet-senzura va bloklashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, - dedi «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Yoxann Bir. - Tojikiston hukumati senzura turli mish-mishlar tarqatilishiga hissa qo‘shishini tushunishi kerak. Xalqaro hamjamiyat internet-filtrlashning Xitoy modelidan foydalanmasligi zarur».

Manba: kun.uz

Kiritildi: 12:19 19.11.2018. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!