Topografik guruhlar 3-9 fevral kunlari qo‘shma chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini muhokama qildi.
Qirg‘iziston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tgan va natijada tomonlar protokol imzolagan.
Qirg‘iziston tomoni chegaradagi muammoni hal qilish bo‘yicha aniq qadamlar haqida ma’lumot bermayapti.