Tojikiston tomoni noma’lum sabablarga ko‘ra O‘sh-Botken-Isfana yo‘lini to‘sib qo‘ydi, dedi Prezidentning Botken viloyatidagi vakolatli vakilining birinchi o‘rinbosari Ma’rufxon Tullayev 27 yanvar kuni kechqurun "Turmush" nashriga bergan izohida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yig‘ilayotgani haqida ma’lumot olingan. «Ma’lumotlarga aniqlik kirita boshlaganimizda ma’lum bo‘ldiki, Tojikiston tomoni biz bilan kelishuvsiz, oldindan ogohlantirmasdan, chegara hududida qurilish ishlarini boshlagan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari vakillari aholini bezovta qilmaslik, provokasiyalarning oldini olish uchun masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Ogohlantirishlarga qaramay, negadir u yerda yashovchi aholi yo‘lga chiqib, yo‘lni to‘sib qo‘yishdi», — dedi u.
Tullayev, shuningdek, Prezidentning viloyatdagi vakili Abdikarim Alimbayev, tuman hokimi va qishloq hukumati rahbari voqea joyida ekanligini ma’lum qildi. «Muzokaralardan so‘ng yo‘lda harakat tiklandi. Ammo 7-10 daqiqadan so‘ng otishma boshlandi. Kuch tuzilmalari vakillari joyida bo‘lib, muzokaralar olib borilmoqda. Chegara hududida yashovchi aholi evakuasiya qilinishiga tayyorgarlik ko‘ramiz», — dedi u.