Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikiston oltin koni bor 300 gektarli yerini O‘zbekistonga bermoqchi

Tojikiston oltin koni bor 300 gektarli yerini O‘zbekistonga bermoqchi

Tojikiston hukumati So‘g‘d viloyatidagi Yangi masjid hududida joylashgan 300 gektar yerni ikki tomonlama bitimga binoan O‘zbekistonga bermoqchi. Aytilishicha, u yerda oltin koni bor.

So‘g‘d yerlarni boshqarish qo‘mitasi raisi Jamshid Umarzoda "bu masala ko‘rib chiqilmoqda va faqat Tojikiston hukumati izohlashi mumkin" degan. So‘nggi 10 kun ichida aynan o‘sha joyning atrofi o‘rab qo‘yilgan.

Ushbu oltin konida "Aprelovka" tojik-kanada qo‘shma korxonasi anchadan beri ish olib boradi.

2018 yilda prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon davlat chegaralarini demarkasiya qilish bo‘yicha bitimni imzolashgan.

Kiritildi: 12:03 05.11.2019. O'qildi: 4881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!