Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrda Kino hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Aholi madaniyatini yuksaltirishda Kino san’atining o‘rni beqiyosdir. Ommani ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan tarbiyalashda, kishilar ongi, fikr va qarashlari, estetik did va histuyg‘ulari, umuman, ma’naviy dunyosining shakllanishida g‘oyaviy-badiiy ta’siri kuchlidir.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Tojikiston kino kunlarining bir qismi aynan Farg‘onada o‘tkazilmoqda.
Tojikiston Respublikasidan bir qator kino ijodkorlar Farg‘onaga tashrif buyurdi. Tantanalar ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Mehmonlar dastavval milliy urf – odatlar an’analarni o‘zida namoyon etgan ajoyib ko‘rgazmalarni tomosha qilishdi. Shundan so‘ng kinotaqdimot o‘tkaziladigon manzil tomon yo‘l olishdi.
Xalqaro kinofestival doirasida Farg‘onada ham bir qancha ishlar amalga oshirildiTakidlash joizki, “Ipak yo‘li durdonasi 13-xalqaro kinofestivali”doirasida “Besh kun kino” tanlov yo‘nalishi bo‘yicha Kenya va Filippindan kelgan yosh rejisyor “Onamning velosipedi” va “Xon atlas” nomli qisqa metrajli filmlarni tasvirga olishdi.
Shuningdek o‘zbek kino ijodkorlari tomonidan Qo‘qon shahrida Muqimiy nomli tarixiy janrda badiiy film suratga olinib uning premyerasi Farg‘ona va Qo‘qon shahrlarida bo‘lib o‘tdi. Qisa vaqt ichida bu filmlarni 10 mingdan ziyod hamyurtlarimiz tomosha qilib ulgurdi. Bu haqida farg‘ona viloyat hokimligi taqdimot ochilishida xabar qildi. Ayni damda tantanalar davom etmoqda.
Shermuhammad Dehqonov