Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Tojikiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Rossiyada 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida tojikistonlik harbiylar ham ishtirok etadi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi AsiaPlus agentligiga xabar berdi.

Rossiya poytaxtiga Qizil maydonda saf tortib yurish uchun qancha askar kelishi hozircha noma’lum. G‘alabaning yubiley tantanalariga 19 mamlakat, jumladan, sobiq Ittifoqning 7 davlatidan harbiy xizmatchilar taklif etilgani aytilmoqda. Ayni paytda 10 ta davlat harbiylari o‘z ishtirokini tasdiqlagan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan, Tojikistondan tashqari, Qirg‘iziston ham o‘z harbiylarining G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu mamlakatdan 80 nafar askar Moskvadagi paradga boradi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Ukrainadagi urushda qatnashganlar ham paradda qatnashadi. Moskvaga 9 may bayrami munosabati bilan ko‘plab jahon yetakchilari, jumladan, Xitoy raisi Si Szinpin, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, Braziliya rahbari Lula da Silva, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, shuningdek, Hindiston va Slovakiya bosh vazirlari Narendra Modi hamda Robert Fiso tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev, Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:11 14.04.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!