Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikiston chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi halok bo‘ldi

Tojikiston chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi halok bo‘ldi

Badaxshondagi mahalliy manbalarning afg‘on matbuotiga ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida ushbu viloyatning Yovon shahrining ikki fuqarosi halok bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, Tojikiston chegara qo‘shinlari ularni to‘xtatish haqida ogohlantirganida, Sholir qishlog‘ining 15 nafar aholisi chegara daryosini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Bu manbalarning qo‘shimcha qilishicha, 15 kishidan iborat ushbu guruhdagi bir necha kishi qurollangan bo‘lgani uchun ular to‘xtash haqida ogohlantirilgandan keyin qochib ketgan va Tojikiston chegara qo‘shinlari bir vaqtning o‘zida ularga qarata o‘t ochgan va ikki kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 22:36 11.06.2024. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!