Ayni damda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mojaroli vaziyat yuzaga keldi.
— Qirg‘iziston bilan chegaradagi voqea joyida tojik chegarachilari kuchaytirilgan xizmat turiga o‘tkazildi, deb xabar beradi chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi.
— Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan voqeada uch nafar tojikistonlik harbiy jarohat oldi.
— Tojikiston va Qirg‘iziston hukumati vakillari chegaradagi otishmadan so‘ng muzokara o‘tkazmoqda.
— Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida kazarma holati e’lon qilindi, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi, polisiya va armiya kuchlari jalb qilindi.
— «RIA Novosti»ning Tojikiston huquq-tartibot idoralaridagi manbasi Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan voqea paytida tojik chegarachilari yaralangani haqida xabar berdi.