Rivoyat qilishlaricha, shayton qo‘shinlarini yer yuziga yubora turib: Qaysi biringiz bir musulmonni yo‘ldan ozdirsangiz, uning boshiga toj kiydiraman , deydi.
Ularning eng fitnakarrog‘i shaytonga eng yaqini bo‘ladi va uning oldiga kelib: Falonchini vasvasa qilavergan edim, oxiri xotinini taloq qildi , deydi. Shayton: Hech ish qilmabsan, u yaqinda boshqasiga uylanib oladi , deydi.
So‘ng boshqasi kelib: Falonchini vasvasa qilavergan edim, oxiri uni do‘sti bilan urishtirib qo‘ydim , deganida, u: Hech ish qilmabsan, yaqinda qaytadan yarashib oladi , deydi.
So‘ngra boshqasi kelib: Falonchini tinmay vasvasa qilgan edim, oxiri u zino qildi , deydi. Shayton: Judo zo‘r ish qilibsan , deb uni yoniga chorlaydi va boshiga toj kiydiradi.
Ko‘hna dunyo rivoyatlari kitobidan.
Manba: mehrob. uz