Ijtimoiy tarmoqlarda «Yosh bolani xipchin bilan savaladi» sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olinib o‘rganildi❕
Mazkur holat Ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, bir necha kun davomida o‘tkazilgan tekshiruv choralari natijasida ushbu videolavha Tojikiston Respublikasi “Xatlon viloyati, Regar tumanida olinganligi, mazkur voyaga yetmagan bolalarning onasi ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga ketganligi, bolalar tog‘asining qaramog‘ida qolib tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganligi ma’lum bo‘ldi.
🖇 Bu zo‘ravonlik holatiga Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.