Xorijlik investorlarning Paxtachi tumanidagi mavjud tog‘-kimyoviy xom ashyo bilan bog‘liq imkoniyatlariga qiziqishi ortmoqda. Natijada ushbu xom ashyolarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yangi korxonalar tashkil etilmoqda. Xitoylik investorlar ishtirokida faoliyat boshlagan «JIN YANG SHIYE» mas’uliyati cheklangan jamiyati shu korxonalardan biri.
Ayni kunlarda mazkur korxona tomonidan qiymati 5 million dollarlik loyiha ustida ish olib borilmoqda. Loyiha bo‘yicha moliyalashtirish masalalari hal etilgan. Mahalliy va xitoylik mutaxassislar tog‘larda dala qidiruv-ekspedisiya va laboratoriya ishlarini amalga oshirilmoqda.
Yillik ishlab chiqarish quvvati 135 milliard so‘mlik qurilishda ishlatiladigan ohak va silikatli g‘isht (dolomit)dan xom ashyo tayyorlash bo‘lgan mazkur loyiha 2021 yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Korxona faoliyat boshlagach, bu yerda 50 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.
Manba: zarnews. uz