Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha yangi tartiblar haqida tushuntirish berdi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha yangi tartiblar haqida tushuntirish berdi

Respublikada yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burg‘ilash tizimini yanada takomillashtirish, yer osti suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning miqdor jihatdan kamayib ketishi va ifloslanishining oldini olish hamda pirovard natijada aholini uzoq muddatli istiqbolda sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 2022-yil 7-dekabrda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq:

er osti suvlaridan foydalanuvchilarga:

2024 yil 1 yanvarga qadar yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritish maqsadida o‘z tasarrufidagi yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash majburiyati yuklatilgan;

2024 yil 1 yanvardan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi;

jismoniy shaxslarga shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 metr kubgacha bo‘lgan miqdorda yer osti suvlarini olish bundan mustasno.

Kiritildi: 18:33 20.11.2023. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!