Istanbul shahrida norozilik namoyishlari kuzatilmoqda.
Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida:
✅11 sentyabrga qadar 6 tumanda, jumladan Beshiktosh tumani (Bosh konsulxona joylashgan) hududida ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etildi;
✅xorijiy messenjerlardan foydalanishda cheklovlar mavjud.
Fuqarolarimizga quyidagilar tavsiya etiladi:
🔵odam gavjum joylardan yiroq bo‘lish;
🔵namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;
🔵mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish.
📌Favqulodda vaziyatlarda Bosh konsulxonaga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin: +90 (212) 909 08 04