Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Tishdagi toshlar qayerdan paydo bo‘ladi va buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Tishdagi toshlar qayerdan paydo bo‘ladi va buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

🚬Toshlar to‘satdan paydo bo‘lmaydi. Asosan og‘iz gigiyenasiga yetarlicha g‘amxo‘rlik qilinmaganda kuzatiladi. Qolaversa, tishlar shakli, ovqatni chaynashda uni noto‘g‘ri taqsimlash, so‘lak tarkibidagi o‘zgarishlar, qattiq yeguliklar yetishmasligi, tamaki chekish, kuchli choy va qahvani ko‘p ichish oqibatida ham kelib chiqadi.

🍜 Tosh to‘g‘ri tozalanib, yuvilganda yoki qattiqroq ovqat chaynalganda osonlik bilan ko‘chib tushishi mumkin. Ba’zan uning ichki yuzasini qoplab emal qismiga singib ketadi. Shu bois toshni ko‘chirish ancha qiyin. Bu esa asta-sekin milkni ezib qo‘yadi va ular qonaydigan, og‘izdan qo‘lansa hid keladigan bo‘lib qoladi.

🪥 Tishda tosh paydo bo‘lishining oldini olish uchun ovqatni me’yorida chaynash (hamma tishlar bilan), suvi qochgan non, sabzi, olma yeb turish lozim. Qolaversa, kasal tishlar va yallig‘langan milkni o‘z vaqtida davolash, yo‘q tishlar o‘rnini to‘ldirish zarur. Ularni kunda 2 marta sifatli tish pastasi bilan yuvish hamda vaqt-vaqti bilan stomatolog ko‘rigidan o‘tib turish maqsadga muvofiq, deydi stomatolog-shifokor Mirafzal Irxanov.

Kiritildi: 20:45 29.03.2023. O'qildi: 3010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!