Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tish bilan bog‘liq muammoning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi

Tish bilan bog‘liq muammoning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi

Tishda hosil bo‘ladigan bakteriyalar qatlamining oshishi yo‘g‘on ichak saratonining rivojlanishini jadallashtiradi, deb yozadi MedicalXpress.

Xabarda yozilishicha, Kolumbiya universiteti olimlari (AQSh) tadqiqot o‘tkazishadi. O‘tkazilgan tadqiqot davomida o‘simtaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi F. Nucleatum baktriyasining harakat mexanizmni aniqlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, bakteriyaning harakat mexanizmi anneksin A1 oqsili ta’siri ostida ichakda rivojlanadi. Anneksin A1 oqsili esa bakteriya va saraton hujayralari o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

Mutaxassislar uchdan bir yo‘g‘on ichak saratoni holatlari parodontit va kariyes kasalliklarini keltirib chiqaruvchi F. Nucleatum bakteriya konsentrasiyasining oshishiga bog‘liq ekanligini aniqlashdi. Qayd etish joizki, shunga o‘xshash o‘simtalar boshqalariga qaraganda ko‘proq o‘limga olib keladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bakteriya konsentrasiyasini kamaytirish va anneksin A1 oqsili harakatlarini bloklab qo‘yish o‘simtaning o‘sishini sekinlashtiradi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur ma’lumotlar yo‘g‘on ichak saratonining o‘ta xavfli turlarini aniqlash va davolashni osonlashtirishi mumkin.

Kiritildi: 16:34 05.03.2019. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!