Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tinnitus bir million britaniyalikni o‘z joniga qasd qilishga undadi

A A A
Tinnitus bir million britaniyalikni o‘z joniga qasd qilishga undadi

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Britaniyadagi millionlab odamlar hech qanday tashqi sababsiz shovqin eshitish oqibatida tinnitus (quloqlar shang‘illashi) tufayli o‘z joniga qasd qilish fikriga tushib qolishgan.

Britaniya Tinnitus uyushmasi tomonidan e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, 7 millionga yaqin  britaniyaliklar ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda. Bu odamlar eshitgan zararli tovushlar ichiga reaktiv dvigatel yoki hushtak bilan ishlovchi chovgum tovushi ham kirishi mumkin", deb yozadi The Times.

Uyushma tinnitusni tadqiq qilish uchun ko‘proq mablag‘ sarflashni talab qilmoqda. Unga ko‘ra, ushbu sohaga inson hayotiga shu darajada qattiq ta’sir qilishiga qaramay, depressiya va eshitish qobiliyatini yo‘qotish kabi holatlarga ajratilgan mablag‘ning atigi 3%dan kamrog‘i beriladi, deyiladi maqolada.

Bu kasallikka chalingan 1 620 kishining so‘rovnomasi shuni ko‘rsatdiki, ularning har o‘ntadan oltitasi kayfiyat pasayishini boshdan kechirgan. O‘ntadan to‘rttasining aytishicha, bu holat ularni do‘stlari bilan muloqotdan qochishga majbur qilgan va ijtimoiy faoliyatda kamroq qatnashishga olib kelgan. Kasallik bilan og‘rigan har yetti kishidan biri, ya’ni, mamlakat bo‘ylab taxminan 1 millionga yaqin odam o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylaganini aytgan.

Ikki farzandning onasi, 34 yoshli Kler Eveli, o‘tgan yilning iyul oyida unga shu kasallik bilan tashxis qo‘yilganligini aytadi.

"Bularning barchasi, shaharga mehmonga borib baland tovushda musiqa tinglaganim oqibatida kutilmaganda boshlandi. Men sezgan ovoz bu past shovqinli tovush edi", deydi Kler. "Men o‘z jonimga qasd qilish haqida o‘ylay boshladim. Juda qo‘rqib ketdim va ikki yosh bolamga mensiz hayot kechirish yaxshiroq bo‘lishini o‘yladim. Men fikrlarimni va diqqatni jamlay ololmasdim, bu dahshatli tovushlar meni haddan tashqari o‘z qa’riga tortardi". Hozirda Kler Eveliga antidepressantlar buyurishgan. Endi u qo‘llab-quvvatlash guruhining a’zosi bo‘lib, yoga va meditasiya orqali tashvishlarini yengishi mumkinligini aniqladi.

Britaniya Tinnitus Assosiasiyasining ijrochi direktori Devid Stokdeyl shuni ta’kidlaydiki, taqqoslanadigan ta’sirlarga qaraganda, tinnitus ruhiy sog‘liqqa juda katta ta’sir ko‘rsatganligi sababli, hukumat tomonidan unga qarshi kurashda 40 baravar kam mablag‘ ajratilishi bu mazaxdir. Hukumatning tinnitusga jiddiy e’tibor qaratishi va millionlab odamlarning ruhiy salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradigan sarmoya kiritishi vaqti keldi.

Quloqdagi shovqin, shang‘illash ba’zida diabet, qalqonsimon bez kasalligi yoki tarqoq skleroz kabi boshqa holatlar bilan ham bog‘liq. Bundan tashqari, ba’zi dori-darmonlarni qabul qilishdagi yomon ta’siri yoki baland tovushlar va baland tovushli musiqalarni tinglash natijasida ta’sir qilishi mumkin. Biroq, bu nima sababdan kelib chiqishi ko‘p holatlarda noma’lum, deb tushuntiradi nashr.

Buyuk Britaniyaning Sog‘liqni saqlash milliy xizmati odamlarga ushbu holatni yengishda yordam berish uchun turli xil davolash usullarini, jumladan mutaxassislar maslahati va kognitiv-xulq terapiyasini taklif qilmoqda.

Kiritildi: 04:30 05.02.2020. O'qildi: 2728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!