Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish rejasiga oid ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hujjat ikki tomonning takliflari inobatga olingan holda qayta ishlangan va hozir faqat ayrim bandlar bo‘yicha kelishmovchiliklar qolgan.
"Shu sababli mening maxsus vakillarim Stiv Uitkoff va Den Driskoll Moskva va Kiyevga yuboriladi. Ular mahalliy rasmiylar bilan suhbatlar o‘tkazib, erishilgan natijalar haqida xabar beradi", — dedi Oq uy rahbari.
"Men prezident Zelenskiy va prezident Putin bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman, biroq bu uchrashuv faqat urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yakuniy bosqichiga yetganda amalga oshadi", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.