Gazeta Trampning prezidentlikka qayta saylanishini «AQSh tarixidagi eng dramatik qaytish» deb atadi. FT Trampni 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidayoq «Yil odami» sifatida tanlagan edi.
«Tramp hokimiyatga qaytishining ajoyib tabiati tufayli bu yil yana FT tomonidan tanlandi. Endi Trampni baxtsiz hodisa sifatida rad etishning iloji yo‘q», — deyiladi nashr.
12 dekabr kuni Time jurnali Donald Trampni «yil odami» deb tanladi. Nashrning yozishicha, Tramp 2024 yilda «yosh erkak saylovchilarni faollashtirish orqali amerikalik elektoratni o‘zgartirgan» va «ko‘p jihatdan tarixiy g‘alaba»ga erishgan. Time ham 2016 yilda Trampni «Yil odami» sifatida tanladi.