Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Til sertifikati yo‘q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo‘lgan yo‘nalishlarga topshira olmaydi

Til sertifikati yo‘q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo‘lgan yo‘nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga ko‘ra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

❓Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo‘lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo‘ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo‘nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig‘i yo‘q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o‘taveradi.

Kiritildi: 15:34 19.01.2025. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!