Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

TikTok yuzlab xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

TikTok yuzlab xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

"TikTok" butun dunyo bo‘ylab yuzlab xodimlarini, shu jumladan Malayziyadagi xodimlarini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda "Reuters" nashri xabar berdi.

Xodimlarning qisqartirilishiga platformadagi kontentni tartibga solish uchun sun’iy intellekt tizimlaridan tobora ko‘proq foydalanilayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Nashr avvalroq "TikTok" kompaniyasining Malayziyadagi 700 nafar xodimini ishdan bo‘shatish rejalari haqida yozgan edi.

"Reuters" so‘roviga javoban kompaniya turli mamlakatlardagi bir necha yuz nafar xodimni ishdan bo‘shatishini va Malayziyada 500 dan kam ish o‘rni qisqartirilishini aytdi.

Qayd etilishicha, "TikTok" allaqachon sun’iy intellektdan foydalanishni insoniy moderasiya bilan birlashtirmoqda.

"Reuters" manbalariga tayanib xabar berishicha, kompaniya yaqin oylarda qo‘shimcha qisqartirishlarni rejalashtirmoqda, chunki u ayrim mintaqaviy bo‘linmalarni birlashtirishni rejalashtirmoqda.

May oyida "TikTok" marketing va operasion bo‘limlarida ko‘plab xodimlarni qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ishdan bo‘shatish global foydalanuvchi operasiyalari, kontent va marketing bo‘limida ishlaydigan 1000ga yaqin odamlarning aksariyatiga ta’sir qilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi va qo‘llab-quvvatlashi uchun mas’ul bo‘lgan jamoani tarqatib yuborish rejalashtirilmoqda.

Xitoyning "ByteDance" kompaniyasiga tegishli va 2018 yilda ishga tushirilgan "TikTok"ning asosiy ofislari Los-Anjeles va Singapurda joylashgan.

Kiritildi: 22:45 11.10.2024. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!