Xitoyning TikTok ilovasi AQShdagi foydalanuvchilar uchun Apple Store va Google Playda yana paydo bo‘ldi, deb xabar beradi BBC.
Prezident Tramp avvalroq prezident Bayden davrida qabul qilingan qonunga kiritilgan TikTok taqiqini amalga oshirishni 5 aprelgacha kechiktirgan edi.
Kongressda ikki partiya ovozi bilan qabul qilingan qonun loyihasi TikTok egasi Xitoyning ByteDance kompaniyasidan o‘z tarmog‘ining AQShdagi qismini neytral kompaniyaga sotishini talab qiladi. Aks holda, TikTok AQShda to‘liq taqiqlanishi bilan tahdid qilingan.
Qo‘shma Shtatlarda 170 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan qisqa video tarmog‘i yanvar oyida AQShda qonun bilan belgilangan muddatdan oldin qisqa muddatga yopildi.
Shundan so‘ng Donald Tramp TikTokga 75 kunlik muhlat berdi.
TikTokning ilovalar do‘konlariga qaytishi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Apple va Google Tramp ma’muriyatidan buning uchun to‘lovlarga duch kelmasliklari haqida kafolat olganlaridan keyin uni qaytarishga qaror qilishgan.