Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Mozambikda jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka uchragan, Hixikanwe uyushmasiga a’zo ayollarning ijtimoiy hamda iqtisodiy integrasiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihani amalga oshirdi.
Loyiha doirasida ayollarning reabilitasiya jarayonini yengillashtirish va ularga barqaror daromad manbai yaratish maqsadida ishlab chiqarish oshxonasi tashkil etildi. Ushbu infratuzilma ayollarga muntazam mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, kasbiy ko‘nikmalarni egallash hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iqtisodiy qiymatga aylantirish imkonini beradi.
Shuningdek, loyiha doirasida mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish uchun savdo stendi ham yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ayollar uchun barqaror daromad modeli yaratishga xizmat qiladi.
Dasturning asosiy maqsadi — ayollarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, o‘z-o‘ziga ishonchini oshirish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlariga sharoit yaratishdan iborat.