Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tik Tok'da KXDR yetakchisi haqidagi targ‘ibot qo‘shig‘i tobora kuchayib bormoqda

Tik Tok'da KXDR yetakchisi haqidagi targ‘ibot qo‘shig‘i tobora kuchayib bormoqda

Shimoliy Koreyada bir necha hafta oldin chiqarilgan targ‘ibot qo‘shig‘i Tik Tok'da mashhur bo‘ldi. «Do‘stona ota» qo‘shig‘i bilan ishlangan video KXDR yetakchisi Kim Chen Inga bag‘ishlangan. Tik Tok'da qo‘shiqning mashhurligiga birinchi bo‘lib BBC e’tibor qaratdi.

«Do‘stona ota» videosi aprel oyi o‘rtalarida e’lon qilingan bo‘lib, unda Shimoliy koreyaliklar Kim Chen Inning tadbirga kelishi bilan quvonayotgani aks etgan.

Tik Tok'da ushbu qo‘shiq ishtirokidagi postlar millionlab layklarga ega bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni ABBA qo‘shiqlari bilan solishtirmoqda. Shimoliy Koreya bo‘yicha ekspert Piter Mudining so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiq haqiqatan ham ABBA uslubida yozilgan, u «quvnoq» va «jozibali», deb ta’kidlaydi BBC.

Kiritildi: 22:10 06.05.2024. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!