Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan to‘ldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Mazkur qilmish uchun fuqarolarga – 1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha (7 baravardan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.

Kiritildi: 10:14 28.03.2023. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!