Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Tibbiyot OTMlarida klinik ordinaturaga qabul 20 avgustgacha davom etadi

A A A
Tibbiyot OTMlarida klinik ordinaturaga qabul 20 avgustgacha davom etadi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarida 2024/2025 o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

2024/2025 o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bevosita va onlayn tarzda – tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilish ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning
20 avgustiga qadar (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Hujjat topshiruvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun tashkilotlarda haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00-18:00 gacha ishlaydigan murojaatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar qabul rejasi bo‘yicha berilgan maqsadli o‘rinlarga tanlovlar har bir hudud uchun alohida tashkil etiladi va ajratilgan o‘rinlarga ushbu hududlarda yashovchi yoki boshqa viloyatlarda ishlash istagini bildirgan shifokorlar qabul qilinadi.

Joriy yilning 24-26 avgust kunlari klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kiritildi: 13:40 29.07.2024. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!