Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tibbiyot muassasalaridagi uzundoq-uzoq navbatlarga chek qo‘yilishi mumkin

A A A
Tibbiyot muassasalaridagi uzundoq-uzoq navbatlarga chek qo‘yilishi mumkin

Qashqadaryo viloyatidagi Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi Doston Xolboyev tomonidan yaratilgan mazkur dastur yordamida fuqarolar pasport ma’lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tishi va kasallik tarixini dasturga joylashtirishi mumkin. Shifokor bemorning pasport ma’lumotlarini dasturga kiritish orqali uning kasallik tarixi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, ham shifokor, ham fuqaroning ortiqcha vaqt yo‘qotishining oldini oladi. Shuningdek, dastur yordamida foydalanuvchilar shifokor qabuliga yozilishi, tibbiyot muassasalari bilan bog‘liq har qanday amaliyotni onlayn tarzda amalga oshirishi mumkin. Yana bir e’tiborli jihati, ushbu dasturning mobil ilovasi ham mavjud bo‘lib, bu foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik yaratadi.

Farg‘ona sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Muhammadqodir Abduvoitovning turizmni rivojlantirish borasidagi innovasion ishlanmasi ham alohida e’tirofga munosib. U VR TOUR UZBEKISTAN ilovasini yaratdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi «Yoshlar qanoti« tashabbusi bilan tashkil etilgan «Yosh innovasiyachi« ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi doirasida yoshlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari ham o‘tkazildi. Tanlov doirasida yosh iqtidor sohiblarining taniqli olimlar bilan uchrashuvini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 00:01 04.07.2018. O'qildi: 1334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!