Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tibbiyot bo‘yicha 2023 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

A A A
Tibbiyot bo‘yicha 2023 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Stokgolmda tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi.

2023 yilgi mukofot vengriyalik Katalin Kariko va amerikalik Dryu Vaysmanga “COVID-19 ga qarshi samarali mRNK vaksinalarini ishlab chiqishga imkon bergan nukleozid bazasi modifikasiyalari haqidagi kashfiyotlar uchun” berildi.

Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot an’anaviy tarzda Nobel haftaligini ochib beradi. 3-oktyabr kuni fizikabo‘yicha, 4-oktyabrda kimyo, 5-oktyabrda adabiyot, 6-oktyabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi e’lon qilinadi.

Shvesiya banki tomonidan 1968 yilda ta’sis etilgan Alfred Nobel mukofotining iqtisod bo‘yichasovrindori nomi 9-oktyabr kuni e’lon qilinadi.

2022 yilda fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti paleogenetika sohasida ishlaydigan Svante Paboga berilgandi.

Kiritildi: 18:16 02.10.2023. O'qildi: 2746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!