Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tibbiy yutuq! Olimlar operasiyalar uchun chig‘anoq qoldig‘idan biomaterial sintez qilishdi

A A A
Tibbiy yutuq! Olimlar operasiyalar uchun chig‘anoq qoldig‘idan biomaterial sintez qilishdi

Rossiyalik olimlar xalqaro guruh tarkibida midiya chig‘anoqlaridan rekonstruktiv jarrohlik  uchun maxsus biomaterial olishdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, u tirik organizmlar uchun xavfsizdir va tarkibiga magniy ionlari qo‘shilishi unga antibakterial xususiyat beradi, demoqda Dori-Darmon" AK matbuot xizmati .

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, kelajakda ushbu material stomatologiya va implantologiyada qo‘llaniladi.

Gidroksiapatit - suyaklar va tishlar tarkibidagi asosiy mineral bo‘lib, yuz-jag‘  jarrohligi, stomatologiya va ortopediyada foydalaniladi. Bundan tashqari, emalni mustahkamlash uchun tish pastasiga qo‘shiladi. Uni ishlab chiqarish uchun hozirgi vaqtda tuxum qobig‘i, mercan, baliq suyaklari va boshqa turdagi biologik xom ashyolardan foydalanilmoqda. Biroq sintezning murakkabligi tufayli ommaviy ishlab chiqarish qiyin deb hisoblanadi.

Olimlar  gidroksiapatitni oddiy biologik chiqindilardan- midiya chig‘anoqlari qoldig‘idan olishning oson usulini topishdi.

Kiritildi: 21:00 19.10.2020. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!