Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tibbiy sug‘urta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi?

A A A
Tibbiy sug‘urta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi?

Amrillo Inoyatov,
Sog‘liqni saqlash vaziri:

— Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, 2023 yildan boshlab, Davlat tibbiy sug‘urta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz o‘zimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yamiz.

Buning uchun:

bir oy muddatda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi;

Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga 30 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi;

Poytaxtda 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda:

tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi;

har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 11:20 05.01.2023. O'qildi: 3180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!