Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

The Washington Post: Tramp Mask bilan ziddiyatdan so‘ng uni «katta giyohvand» deb atadi

The Washington Post: Tramp Mask bilan ziddiyatdan so‘ng uni «katta giyohvand» deb atadi

The Washington Post nashri o‘z manbalariga tayanib yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Mask bilan sodir bo‘lgan shov-shuvli ziddiyatdan keyin shaxsiy suhbatlarda uni «katta giyohvand» deb atagan. Bundan biroz avvalroq esa Mask AQSh moliya vaziri Skott Bessent bilan tortishib ketgan, ish hatto mushtlashuvgacha borgan.

Gazetaning yozishicha, Tramp «dunyodagi eng boy odam» bilan ommaviy ziddiyat ortidan tushkunlikka tushgan va Maskning pozisiyasini tushunishga urinib, tanishlariga qo‘ng‘iroq qilgan va u bilan nima sodir bo‘layotganini so‘ray boshlagan.

Oq uy vakillarining ta’kidlashicha, Trampning Mask narkotik moddalar iste’mol qilayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotiri «ularning munosabatlaridagi uzoqlashuv sabablaridan biriga» aylangan.

“Payshanba kungi tortishuvdan so‘ng prezident atrofidagi odamlardan vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikni so‘ragan, vise-prezident Jey Di Vensni esa omma oldida Mask haqida gap borganda ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqirgan”, deb yozadi gazeta o‘z manbalariga tayanib.

The Washington Post shuningdek, Mask va Tramp ma’muriyati o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib kelgan, aprel oyi o‘rtalarida yuz bergan yana bir voqeani keltirib o‘tadi. Unga ko‘ra, o‘shanda Oval kabinetdagi uchrashuvdan so‘ng Mask va moliya vaziri Bessent davlat amaldorlaridan birining tayinlovi borasida kelisha olmagan. Ular bir-biriga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, tortishib ketgan.

«Shundan so‘ng Mask, xuddi regbi o‘yinchisiga o‘xshab, Bessentni yelkasi bilan ko‘krak qismiga urib yubordi. Bessent esa javob zarbasi tariqasida unga musht tushirdi. Bir necha kishi ularni ajratish uchun aralashishga majbur bo‘ldilar», — deb yozadi nashr Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bennonga tayanib.

Kiritildi: 12:04 08.06.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!