AQShda har bir diviziyani mingta uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ta’minlash orqali armiyada dronlardan foydalanishni ko‘paytirish rejalashtirilgan.
"AQSh armiyasi Sovuq urush davridagi eng yirik qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi, har bir jangovar bo‘linmani 1 mingta dron bilan qurollantirish va eskirgan qurollardan xalos bo‘lishni rejalashtirmoqda," - deb yozadi The Wall Street Journal manbalarga tayanib.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Pentagonda bu masalada Ukraina mojarosi tajribasiga tayanilmoqda.