Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

The Guardian: Ukraina YEI bilan kelishilgan islohotlarning atigi 15 foizini amalga oshirdi xolos

The Guardian: Ukraina YEI bilan kelishilgan islohotlarning atigi 15 foizini amalga oshirdi xolos

Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun zarur bo‘lgan va tashkilot bilan kelishilgan islohotlarning atigi 15 foizini hayotga tatbiq etdi, deb yozadi The Guardian gazetasi YEIdagi o‘z manbalariga tayanib.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, gap norasmiy ravishda «Kachka — Kosning o‘nta bandi» (Taras Kachka — Ukrainaning Yevropa va yevro-atlantika integrasiyasi masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, Marta Kos — YEIning kengayish masalalari bo‘yicha yevrokomissari) nomi bilan mashhur bo‘lgan reja haqida bormoqda.

«Rasmiy shaxslar, shuningdek, agar yetarlicha xohish-iroda bo‘lsa, Ukraina texnik muzokaralarni taxminan to‘rt yil ichida yakunlashi mumkin deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ular Ittifoqqa a’zolik yakunda siyosiy qaror ekanligini ham tan olmoqdalar», — deyiladi nashr materialida.

Kiritildi: Bugun 17:09. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!