Xalqaro futbol federasiyasi rasmiy saytida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.
2024 yilda ushbu sovrinni "Real" hujumchisi Vinisius Junior qo‘lga kiritgandi. "Oltin to‘p-2024" sohibi Rodri ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagan.
FIFAning The Best mukofotiga nomzodlar ro‘yxati:
- Usmon Dembele (Fransiya) — «PSJ».
- Ashraf Xakimiy (Marokash) — «PSJ».
- Xarri Keyn (Angliya) — «Bavariya».
- Kilian Mbappe (Fransiya) — «Real» Madrid.
- Nunu Mendesh (Portugaliya) — «PSJ».
- Koul Palmer (Angliya) — «Chelsi».
- Pedri (Ispaniya) - «Barselona».
- Rafinya (Braziliya) — «Barselona».
- Muhammad Saloh (Misr) — «Liverpul».
- Vitinya (Portugaliya) — «PSJ».
- Lamin Yamal (Ispaniya) — «Barselona».