Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin

Kuni kecha O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasida fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori pasaytirilgani aytilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezlikni oshirgani uchun qo‘llanilayotgan jarimalar yuqori ekanligi bo‘yicha e’tirozlar bildirilgan. Shundan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1283-moddasi ikkinchi qismi sanksiyasidagi (harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi) jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (hozirda 5 baravar) qilib belgilash bo‘yicha taklif bildirilgan.

Shuningdek, jarimalar aholining real daromadlaridan kelib chiqib belgilanishi bo‘yicha yana bir qator takliflar kiritilgan.

Kiritildi: 16:03 23.09.2021. O'qildi: 2431 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!