Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tezkor! Gulistonda noqonuniy “hujralar” faoliyatiga chek qo‘yildi

Tezkor! Gulistonda noqonuniy “hujralar” faoliyatiga chek qo‘yildi

Shu yilning 3 may kuni Sirdaryo viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan B.N. va uning ovsini 1984 yilda tug‘ilgan I.M hech qanday rasmiy diniy ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib, 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga “xujra” sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur voyaga yetmagan o‘rta maktab o‘quvchilari pandemiya sababli onlayn tarzga o‘tkazilgan darslarga ishtirok etmasdan, muntazam ravishda yashirin “hujra”da diniy saboq olib kelganlar.

Bundan tashqari, ushbu “xujra”da ta’lim bergan I.M ning uyali telefon apparati mutaxassis va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning xotirasida noma’lum shaxslarning diniy ma’ruzalari mavjudligi aniqlanib, dinshunoslik ekspertizadan o‘tkazish uchun rasmiylashtirib olindi.   

Mazkur holatlar yuzasidan, ichki ishlar organlari tomonidan mavjud qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Kiritildi: 10:48 04.05.2021. O'qildi: 3538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!