Qirg‘izistonning "TezJet" aviakompaniyasi Bishkek — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi parvoz 2024 yil 3 sentyabrga belgilangan.
Bishkek — Toshkent — Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"TezJet" 2013 yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, «Manas» aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.