Xabarlarga ko‘ra, bu mart oyidagi ikkinchi portlash hisoblanadi.
Hodisa Port-Artur shahridagi Valero kompaniyasiga qarashli neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga 435 ming barrel neftni qayta ishlaydigan zavodda 770 kishi ishlaydi.
Okrug sherifi Zena Stivensning ta’kidlashicha, portlashga dastlab sanoat isitish moslamasi sabab bo‘lgan. Rasmiylar neftni qayta ishlash zavodi atrofidagi havo sifatini nazorat qilmoqda.
Voqeadan so‘ng, korxona ustida katta quyuq tutun buluti ko‘tarildi.
Hozirda zavod hududida yong‘in kuzatilmoqda. Portlash sabablari esa aniqlanmagan.