Tesla’ning ayrim xodimlari milliarder Ilon Maskdan rasman iste’foga chiqishni so‘rashdi, chunki uning “siyosiy faolligi” kompaniyaga ko‘plab muammolar keltirib chiqarmoqda.
Ularning fikricha, bosh direktorning xatti-harakatlari brendning asosiy maqsadi — elektr transport vositalarining rivojlanishini tezlashtirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf solmoqda, iste’molchilarning aksariyatini o‘zidan uzoqlashtirmoqda va avtomobillarning o‘zini siyosiylashtirmoqda.
“Ilonning shaxsiy brendiga yetkazilgan zarar endi tiklanmaydi. Teѕlaning jamoat arbobi sifatida bu bizga og‘irlik qiladi. Hozir biz chorrahada turibmiz: Mask bilan bosh direktor sifatida ishlashni davom ettirish va keyingi tanazzulga duch kelish yoki usiz oldinga siljish”, — deydi Teslaning sobiq va hozirgi anonim xodimlari.
Bir guruh xodimlarning fikricha, Maskning faoliyati Teslaga allaqachon tuzatib bo‘lmas zarar yetkazgan. 2024 yilda elektromobillar savdosi o‘n yil ichida birinchi marta pasaygan, 2025 yilning birinchi choragida esa bu pasayish yanada sezilarli tus olgan.
Kompaniya milliarderning ta’sirini inkor etib, aybni yangi Model Y’ga to‘nkamoqchi — ammo muammo unda emasligi aniq. Xodimlarning aytishicha, minglab yangi avtomobillar omborlarda chang bosib yotibdi.
Ilon Maskning yaqinda Tesla bilan bo‘lgan telefon konferensiyasida aytgan so‘zlari ham vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Unda milliarder shunchaki “o‘zgartirib”, siyosiy kampaniyaga kamroq vaqt ajratishini ta’kidladi.