Shanxay rasmiylari Ilon Maskning Tesla kompaniyasi generativ sun’iy intellekt modeli asosida ishlovchi ovozli yordamchi funksiyasini Xitoy Kibermakon boshqarmasida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Ushbu funksiya Shanxayda davlat nazoratidan o‘tgan 158 ta sun’iy intellekt ilovalari ro‘yxatiga kiritildi.
Tesla mamlakatdagi mahalliy raqobatchilari bilan kurashish uchun bu qadamni tashladi. Xitoy kompaniyalari allaqachon o‘z mashinalariga turli sun’iy intellekt tizimlarini integrasiya qilib bo‘lgan.
Avvalroq, Tesla Xitoy bozoridagi ustunligini tiklash uchun DeepSeek va ByteDance kompaniyasining Doubao AI tizimlarini o‘z modellariga joriy etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar berilgan edi. Bu kompaniya avtomobillarini mahalliy iste’molchilar uchun yanada jozibador qilishga qaratilgan.