Agar rejalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Teslaning bozor qiymati 25-30 trillion dollarga yetishi mumkin.
Asosiy e’tibor haydovchisiz avtomobillar, robotaksi xizmati va Optimus robotlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu loyihalar Teslaning innovasiyalar bo‘yicha yetakchi mavqeini mustahkamlashga va’da beradi. Kompaniya avtopilot va sun’iy intellekt, jumladan Grok chatboti ustida faol ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyodagi eng qimmat kompaniya Nvidia bo‘lib, uning qiymati 4,2 trillion dollarga baholanmoqda.