Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tesla qariyb 50 ming Cybertruck’ni qaytarib oldi

Tesla qariyb 50 ming Cybertruck’ni qaytarib oldi

Tesla AQShda 46 096 ta Cybertruck modelini qaytarib chaqirishini e’lon qildi.

Buning sababi po‘lat tashqi pardoz panelining ajralib, hatto harakatlanish paytida ham uchib ketishiga olib keladigan nuqsondir.

2023 yil 13 noyabrdan 2025 yil 27 fevralgacha ishlab chiqarilgan barcha Cybertruck’lar qaytarib chaqiriladi. Avtomobil egalarining taxminan 1%i ushbu nuqson mavjudligi haqida xabar bermoqda.

Pikap egalarining aytishicha, po‘lat tashqi qoplama paneli faqat yelim yordamida mahkamlanadi. Vaqt o‘tishi bilan atrof-muhit ta’sirida yelim parchalanib ketadi.

Tesla chaqirib olingan avtomobillarda tashqi pardozlash panelini yangi yelim va qo‘shimcha gaykali mahkamlash yordamida bepul almashtirib beradi.

Bu Tesla Cybertruck'ni sakkizinchi marta qaytarib olish holati hisoblanadi. Reutersning ta’kidlashicha, bu vaziyat Teslaning fond bozoridagi mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

2025 yil boshidan beri Tesla aksiyalari qariyb 50% qiymatini yo‘qotgan. Buning sabablari: raqobatning kuchayishi va Ilon Maskning siyosiy faolligidir.

Kiritildi: 11:10 24.03.2025. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!