100 mingdan ortiq nemis fuqarosi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 94 foizi Tesla avtomobilini sotib olmasligini bildirgan. Bu Yevropaning muhim bozorida sotuvlari allaqachon keskin pasayib borayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchisi uchun yaxshi alomat emas.
2024 yilda Teslaning Germaniyadagi sotuvlari, elektromobillar savdosi yil davomida 27 foizga oshganiga qaramay, 2023 yilga nisbatan 41 foizga kamaydi.
Bu Teslaning Germaniyadagi kelajagi haqida xavotirlarni uyg‘otgan bo‘lsa-da, 2025 yildagi ko‘rsatkichlari yanada tashvishli.
Teslaning sotuvlari 2025 yilning dastlabki ikki oyida 70 foizga tushib ketdi, va bu 2024 yildagi shundoq ham past ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanganda.
Bunga elektromobillar bozorida raqobatning kuchayishi va Model Y'ning yangilanishi kabi ko‘plab omillar ta’sir qilgan, ammo so‘nggi oylarda soha mutaxassislari Teslning mamlakatdagi inqirozini nemislarning Tesla bosh direktori Ilon Maskning mahalliy saylovlarga aralashgani va o‘ta o‘ng qanotdagi AfD partiyasini qo‘llab-quvvatlaganidan noroziligiga bog‘lamoqdalar.
Mask hozirda Yevropada siyosiy aralashuvi tufayli tekshiruv ostida. Uning obro‘si Germaniyada Tramp inaugurasiyasida bir necha bor "Sieg Heil" salyutini ko‘rsatgani va kechagi kabi fashistik hamda natsistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi shubhali postlari sababli keskin tushib ketdi:
Bu holat Teslaning Yevropadagi, ayniqsa Germaniyadagi istiqboliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Saylovchilarning atigi 20 foizi AfD partiyasini qo‘llab-quvvatladi va Tesla ularni potensial xaridorlar deb hisoblamasligi kerak.
Yaqinda T-Online tomonidan 100 000 nemis orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning atigi 3 foizi Tesla avtomobilini sotib olishni o‘ylayapti:
Bundan ham aniqroq rad etish bo‘lishi mumkin emas: t-online saytining 94 foizdan ortiq o‘quvchilari bundan buyon Tesla sotib olmasliklarini aytishgan. Faqatgina uch foiz sobiq elektromobil yetakchisining mashinasini xarid qilishni o‘ylab ko‘rishini bildirgan. 100 mingga yaqin o‘quvchi ovoz bergan - bu rekord natija. Xulosa aniq: nemislar Tesladan yuz o‘girmoqda.
Bu hayratlanarli natijalar Teslaning Germaniyadagi hozirgi savdo ko‘rsatkichlarini tushuntirib beradi.