Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tesla faqat boj to‘lovi ortidan 300 million dollar yo‘qotdi

Tesla faqat boj to‘lovi ortidan 300 million dollar yo‘qotdi

Tesla kompaniyasining sof foydasi ikkinchi chorakda 16 foizga kamayib, 1,2 milliard dollarni tashkil qildi. Elektromobillar savdosi esa 12 foizga qisqardi, deb yozadi DW.

Tesla moliya direktori Vaybxav Tanejining so‘zlariga ko‘ra, ehtiyot qismlar va akkumulyatorlarni import qilishga joriy etilgan yangi boj to‘lovlari kompaniyaga 300 million dollardan ortiq zarar keltirgan. Shuningdek, brendning jahon bo‘yicha elektromobil yetkazib berish hajmi 13,5 foizga kamayib, 384 ming avtomobilga tushib ketgan.

Ayniqsa, elektromobil bozori uchun an’anaviy muhim hisoblangan Kaliforniyada pasayish 20 foizgacha yetdi.

n-tv nashri ta’kidlashicha, Maskning boshqa biznes loyihalari ham murakkab vaziyatga duch kelgan. Milliarder Donald Tramp bilan ochiq qarama-qarshilik sharoitida AQSh hukumati xAI va SpaceX kompaniyalari bilan tuzilgan davlat shartnomalarini bekor qilish imkonini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq Pentagon xAI kompaniyasi bilan 200 million dollargacha bo‘lgan shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, SpaceX kompaniyasi AQShning raketa himoya tizimi bo‘lgan «Oltin gumbaz» loyihasining ehtimoliy ishlab chiquvchisi sifatida tilga olingan. Ushbu loyiha g‘oyasi Trampga tegishli.

Kiritildi: 21:35 25.07.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!