Tesla korporativ nizomini o‘zgartirib, o‘zining top-menejerlariga nisbatan sudga da’vo arizalarini berish qoidalarini kuchaytirdi. Endilikda kompaniya aksiyalarining kamida 3 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlargina sud jarayonini boshlashlari mumkin.
Tesla'ning hozirgi kapitallashuvini hisobga olsak, bunday paket taxminan 30 milliard dollarga baholanadi. Yangilik potensial da’vogarlar doirasini sezilarli darajada qisqartiradi va boshqaruvning huquqiy himoyasini kuchaytiradi.
Qoidalarni qayta ko‘rib chiqishga 2024-yilda to‘qqizta aksiyaga ega investor Ilon Maskga 56 milliard dollar tovon to‘lashga qarshi da’vo arizasi bilan chiqqan vaziyat sabab bo‘ldi. Bu ish Tesla kompaniyasida kompensasiya va korporativ boshqaruv bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.